"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning uchinchi bosqichida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Qarshi davlat universitetida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik ruhini talabalarga singdirish, ozodlik, vatanparvarlik kayfiyatini qaror toptirish o'tilayotgan har bir darsning asosiy maqsad darajasida bo'lishiga erishish yo'lida asosiy e'tibor qaratilgan. Ta'lim jarayonida Davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashi, reyting tizimining o'quv jarayoni asosini tashkil etishi, darsliklar, o'quv adabiyotlari, ma'ruza matnlari bilan ta'minlanishning talab darajasida bo'lishiga erishish yaxshi natijalar beryapti. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalarini joriy etilishiga qat'iyat bilan amal qilinmoqda. 1956 yildan Qarshi Davlat pedagogika instituti sifatida faoliyat ko'rsatgan oliygohga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 mart farmoni bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berilgan. Hozirgi kunda kunduzgi bo'limda 30 ta, maxsus sirtqi bo'limda 6 ta bakalavr ta'lim yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.
Universitetda talabalarning umumiy kontingenti 7846 nafar bo'lib, shundan 6574 nafari kunduzgi bo'limida (shundan 4185 nafari qizlar), 1272 nafari maxsus sirtqi bo'limda ta'lim olmoqda. Universitetning kunduzgi bo'limida 295 ta akademik guruh mavjud bo'lib 7 millat vakillari tahsil olib kelmoqdalar. Universitet tarkibida 8 ta fakultet, 37 ta kafedrada 548 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shundan 20 nafari fan doktori, professorlar, 196 nafarini fan nomzodlari, dotsentlar tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda o'rindoshlik sifatida yetuk tajribali professor - o'qituvchilar markaziy oliy o'quv yurtlaridan taklif etilgan. Universitetda o'quv jarayoni Davlat ta'lim standartlari asosida, davr talabiga mos holda olib borilmoqda.
Universitet tarkibida akademik litsey, biznes maktabi va gimnaziya faoliyat ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda "Axborot resurs markazi", "Axborot texnologiyalari va masofaviy ta'lim", "noshirlik", "Viloyat mintaqaviy til o'rganish", "Nasaf va Kesh", "Kurash", "Sog'lomlashtirish", "Tikuvchilik" markazlari tashkil etilgan.
O'quv jarayonini Davlat ta'lim standartlari talab darajasida olib borish maqsadida 51 dan ortiq o'quv laboratoriyalari, ustaxonalar, tajriba ishlab chiqarish maydonlari tashkil etilgan.
Universitet bo'yicha 231 nafar iqtidorli talabalar tanlab olinib, o'quv yili davomida "Mutaxassislik", "Kompyuter savodxonligi" va "Xorijiy tillar" dan qo'shimcha darslar tashkil qilinib jadval asosida muntazam mashg'ulotlar olib boriladi.
Universitetimiz maktablarga o'quv-uslubiy yordam berish maqsadida viloyatning turli hududlarida joylashgan 18 ta "Tajriba - tayanch" maktablarini tashkil etdi. Mutaxassis chiqaruvchi kafedralarning aksariyati akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan yaqin aloqada bo'lish maqsadida kefedralarning filiallarini tashkil etgan.
Hozirgi kunda universitetimiz O'zbekiston milliy universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Toshkent yuridik instituti, Guliston Davlat universiteti, Andijon xalq xo'jaligi instituti, Farg'ona Davlat universiteti, Nukus Davlat universiteti va Qarsh muhandislik iqtisodiyot institutlari bilan hamda xalqaro miqyosda Angliyaning Shimoliy London universiteti va Fillandiyaning Oulu universitetlari bilan videokonferensiyalar |